Bugun 13 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eronlik namoyishchilar birinchi shaharni hukumat nazoratidan ozod qildi

Eronlik namoyishchilar birinchi shaharni hukumat nazoratidan ozod qildi

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Ilam viloyatidagi Abdanan shahri Eron Islom Respublikasi hukumati nazoratidan chiqqan birinchi shahar bo‘ldi. Namoyishchilar Abdanandagi polisiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishgan. Shahar polisiyachilar bitta ham o‘q uzmasdan taslim bo‘lib, namoyishchilarga qo‘shilishgan.

Bundan tashqari, namoyishchilar Malekshahi shahrini ham o‘z nazoratlariga olishga muvaffaq bo‘lishgani hamda xavfsizlik kuchlarini shahardan siqib chiqarishgani xabar qilinmoqda. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, bugun Tehronning eng yirik bozorida minglab savdogarlar rejimga qarshi shiorlar bilan norozilik aksiyasi o‘tkazishdi. Bu voqea uch kun avval oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan berilgan bayonotdan keskin farq qiladi. Oyatulloh o‘z bayonotida savdogarlarni “Islomiy rejimga eng sodiq qatlamlardan biri” deb atagan edi.

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28 dekabrdan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi o‘qlar, suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanyapti, lekin namoyishlarni to‘xtata olmayapti. Mamlakat bo‘ylab ko‘chaga chiqayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

Kiritildi: 23:07 06.01.2026. O'qildi: 9887 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!