UFC sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov "Manchester Siti" bazasida mehmon bo‘ldi.
Uchrashuvdan so‘ng u O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi Abduqodir Husanov haqida fikrlarini bildirdi.
"Abduqodir Husanov bir soatlik uchrashuvimiz davomida umuman gapirmadi.
Alloh seni asrasin inim. Butun O‘zbekiston xalqining sendan umidi katta. Bo‘shashma va faqat oldinga bor", - deb yozdi Xabib.