Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya Yaman janubi-sharqidagi Ed-Dali viloyatida Janubiy o‘tish kengashi (JO‘K) kuchlariga qarshi zarbalar berdi.
Bu haqda Saudiyaning SPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Koalisiya matbuot kotibi general-mayor Turki al-Malikiyning so‘zlariga ko‘ra, JO‘K kuchlari o‘z lagerlarini tark etib, Ed-Dali viloyatidagi Al-Zand lageri yaqinidagi binoda topilgan, shundan so‘ng ularga “cheklangan oldini olish zarbalari” berilgan.
Uning ta’kidlashicha, koalisiyaning harakatlari separatistik kuchlarni to‘xtatish va JO‘K raisi Aydarus al-Zubaydiyning mojaroni kuchaytirishga urinishlarini bartaraf etishga qaratilgan.
Bundan tashqari, koalisiya, Reuters xabariga ko‘ra, al-Zubaydiy noma’lum joyga qochib ketganini aytdi. Koalisiya ma’lumotlariga ko‘ra, u Yaman janubidagi mojaroni tartibga solish masalalarini muhokama qilish uchun o‘tkaziladigan forumda ishtirok etish uchun uni Ar-Riyodga olib borishi rejalashtirilgan reysga kela olmagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozircha separatistik harakat rahbarining qayerda ekanligi noma’lumligicha qolmoqda.