Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Eng murakkab ijro harakatlari: Bobo nabirasi bilan uchrashdi

Eng murakkab ijro harakatlari: Bobo nabirasi bilan uchrashdi

Nomulkiy ijro hujjatlari toifasiga kiruvchi, bolani ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari bilan uchrashtirish eng murakkab ijro harakatlaridan biri hisoblanadi.

Oilaviy kelishmovchilik sabab oila parokandalikka uchrab, ona farzandi bilan ota uyiga qaytgan. Dastlab vaziyat barqarordek ko‘ringan bo‘lsa-da, vaqt o‘tishi bilan ota o‘g‘lini, bobo va buvi esa nabirasini sog‘inib, bola bilan uchrashish masalasida sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Sud tomonidan da’vo qanoatlantirilib, da’vogar ota, bobo va buvining nevarasi bilan uchrashib, uning tarbiyasida ishtirok etishi uchun aniq tartib belgilangan. Unga ko‘ra, har oyning birinchi, ikkinchi va to‘rtinchi shanba kunlari soat 10:00 dan yakshanba kuni soat 10:00 gacha uchrashuvga ruxsat berilgan hamda javobgarga qarshilik qilmaslik majburiyati yuklatilgan.

Mazkur ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Romitan tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, ijro harakatlari boshlangan. Bo‘lim xodimlari tomonidan vakolatli idoralar vakillari ishtirokida amalga oshirilgan majburiy ijro harakatlari davomida bobo nabirasi bilan uchrashtirildi.

Hozirda ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 23:37 06.01.2026. O'qildi: 1691 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!