Bugun 29 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Maduro ishini ko‘rib chiqayotgan sudya 92 yoshida vafot etdi

Maduro ishini ko‘rib chiqayotgan sudya 92 yoshida vafot etdi

Nyu-York janubiy okrugi federal sudyasi Elvin Xellerstayn 92 yoshida vafot etdi.

The New York Times gazetasi xabar berishicha, bu haqda sud vakili ma’lum qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh hukumati tomonidan qo‘lga olingan Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga oid ishni ko‘rib chiqayotgan Xellerstayn 28 oktyabr kuni ertalab vafot etgan.

U 1998 yilda AQSh prezidenti Bill Klinton tomonidan federal sudya etib tayinlangan va qariyb 30 yil davomida keng jamoatchilik e’tiborini tortgan shov-shuvli ishlarni ko‘rib chiqqan.

Qayd etish joizki, Venesuela rahbari Nikolas Maduro va uning rafiqasiga nisbatan sud jarayoni 2027 yil 1 iyunga belgilangan. Hozircha Xellerstaynning o‘rnini kim egallashi ma’lum emas.

Kiritildi: Bugun 09:10. O'qildi: 291 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!