Ispaniyaning turli hududlaridan kelgan fermerlar narxlar oshishi munosabati bilan hukumatdan zudlik bilan choralar ko‘rishni talab qilib, Madrid shahrida norozilik aksiyasini o‘tkazmoqda.
Bu haqda Ispaniya ommaviy axborot vositalari ma’lum qildi.
Aksiya ishtirokchilari Madridga beshta traktorlar kolonnasi bo‘lib kirib kelgan va Ispaniya poytaxti markazidagi Kolumb maydoni tomon harakatlanmoqda. U yerdan ular Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik va oziq-ovqat vazirligi binosiga yo‘l olishadi.
Namoyishchilar, birinchi navbatda, hukumatdan ishlab chiqarish xarajatlari va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan dizel yoqilg‘isi masalalari bo‘yicha shoshilinch chora-tadbirlar rejasini qabul qilishni talab qilmoqda.