Bugun 25 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Madrid meri: JCH-2030 finali poytaxtda o‘tmasa, Ispaniya mezbonlikni qayta ko‘rib chiqishi kerak

Madrid meri: JCH-2030 finali poytaxtda o‘tmasa, Ispaniya mezbonlikni qayta ko‘rib chiqishi kerak

Madrid meri Xose Luis Martines-Almeyda 2030 yilgi jahon chempionati finali Ispaniya poytaxtida o‘tkazilmasa, mamlakat turnirga mezbonlik qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishi kerakligini aytdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Madridning hal qiluvchi o‘yinga mezbonlik qilish imkoniyatlari borasida u optimist emas. Martines-Almeyda Marokash va mamlakat qiroli Muhammad VI finalni o‘z yurtida o‘tkazish uchun siyosiy va institusional darajada faol ish olib borayotganini ta’kidladi.

«Men optimist emasman. Marokash va uning qiroli ushbu finalga mezbonlik qilishni istayapti va tabiiyki, bu maqsadga erishish uchun siyosiy hamda institusional darajada harakat qilmoqda», — dedi Madrid meri.

Shuningdek, u Ispaniya hukumati poytaxt nomzodini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlayaptimi, degan savolni ham o‘rtaga tashladi.

«Hukumatimiz ham xuddi shu yo‘nalishda harakat qilayotganiga menda na dalil, na biror ishora bor. Agar final Madridda o‘tkazilmasa, umuman jahon chempionatiga mezbonlik qilishga arziydimi, degan masalani o‘ylab ko‘rish kerak. Bu qarorni men qabul qilmayman, ammo final Madridda bo‘lmasa, menimcha, buning oqibatlari bo‘lishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 14:50 23.09.2026. O'qildi: 472 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!