17 oktyabr kuni mamlakat konstitusiyaviy sudi Randrianirinani “respublika tiklanishi uchun o‘tish davri prezidenti” sifatida qasamyodga keltirdi.
Randrianirina 18-24 oy ichida saylovlarni o‘tkazishga va’da berdi. Uning ta’kidlashicha, fuqarolik boshqaruviga qaytishdan oldin mamlakatda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazilishi kerak.
14 oktyabr kuni 51 yoshli polkovnik Maykl Randrianirina boshchiligidagi Capsat maxsus bo‘linmasi Madagaskarda hokimiyatni egallab olganini e’lon qilgan edi.
Madagaskarning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Andri Radzuelina ommaviy namoyishlar ortidan mamlakatni tark etgan va parlament tomonidan hokimiyatdan chetlashtirilgandi.