Fransiya imperatori Napoleon III ning rafiqasi Yevgeniyning Luvr muzeyidan o‘g‘irlab ketilgan toji muzey yonida singan holda topildi.
Le Parisien’ning yozishicha, ichki ishlar vaziri Loran Nunyes “bebaho boyliklar” yetti daqiqa ichida o‘g‘irlanganini aytgan.
Parij prokuraturasi uyushgan o‘g‘irlik va jinoiy til biriktirish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va tergov boshlanganini e’lon qildi.
Avvalroq, Fransiyadagi Luvr muzeyidan Napoleon va qirolicha taqinchoqlari kolleksiyasidan 9 ta buyum o‘g‘irlangani xabar qilingan edi.
Suratda tojning sinishdan oldingi ko‘rinishi.