Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Oldingi tuzum erishgan kelishuvlarni qabul qilib bo‘lmaydi, shu sababli ular to‘xtatilgan"

"Oldingi tuzum erishgan kelishuvlarni qabul qilib bo‘lmaydi, shu sababli ular to‘xtatilgan"

Suriya Rossiya bilan ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, harbiy bazalar bo‘yicha mavjud kelishuvlarni qayta ko‘rib chiqish uchun muzokaralar olib bormoqda

Bu haqda Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Hasan al-Shiboniy ma’lum qildi.

Suriya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha tomonlar o‘rtasida yangi kelishuvlar yo‘q. Muzokaralarda sobiq prezident Bashar Asad va mamlakatni tark etgan harbiylar taqdiri ham muhokama qilingan.

"Oldingi tuzum erishgan kelishuvlarni qabul qilib bo‘lmaydi, shu sababli ular to‘xtatilgan. Suriyaning diplomatik harakatlari suriyaliklarning huquqlari bo‘yicha hech qanday yon berishni anglatmaydi. Rossiya, Xitoy va Yevropa bilan aloqalar o‘zaro tenglik tamoyiliga asoslanadi va undan xalq manfaati uchun foydalanishimiz lozim", — dedi Suriya tashqi ishlar vaziri.

Kiritildi: 20:45 19.10.2025. O'qildi: 907 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!