Bugun 20 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Ispaniyada qora mushuk boqib olish taqiqlandi

Ispaniyada qora mushuk boqib olish taqiqlandi

Ispaniyaning Terrassa shahrida qora mushuklarni asrab olish vaqtinchalik taqiqlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Mahalliy hayvonlarni himoya qilish xizmatiga ko‘ra, 6 oktyabrdan 10 noyabrgacha mushuklarni vaqtinchalik parvarishlash yoki asrab olish bo‘yicha barcha murojaatlar rad etiladi. Bu ularni Hellouin bayramida zarar yetkazish yoki atribut sifatida ishlatilishdan himoya qilishga qaratilgan.

Shahar meri o‘rinbosari Noel Dyuk qora mushuklarni asrab olish uchun murojaatlar odatda Hellouin arafasida ko‘payishini aytdi.

Terrassada 9800 dan ortiq mushuk yashaydi. Shahardagi asrab olish markazida 100 ga yaqin mushuk bor, ulardan 12 tasi qora rangda.

Shahar kengashi ushbu chora “vaqtinchalik va favqulodda” ekanini va hayvonlar farovonligini ta’minlash uchun qo‘shimcha ehtiyot chorasi sifatida qo‘llanilayotganini ta’kidladi.

Kiritildi: 23:13 19.10.2025. O'qildi: 911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!