Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Latviya hududiga Belarus tomonidan qurollangan guruh kirib kelgani haqidagi xabarni rad etdi. Uning da’vo qilishicha, bu voqea Yevropa Ittifoqidan mablag‘ olish uchun uyushtirilgan.
“Bu latishlarning Yevropa Ittifoqidan pul olishi uchun axborot bahonasi yaratish maqsadida qilingan. Bunga bizning hech qanday aloqamiz yo‘q. Go‘yoki niqobli odamlar va harbiylar Latviya hududiga kirib, kimnidir ushlagan yoki muhojirlar guruhini olib kirgan emish. Bundan kattaroq bema’nilikni o‘ylab topish qiyin”, — dedi Lukashenko.