Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko AQShning kuzatuvidan qochish uchun qanday telefon ishlatish kerakligini aytdi

Lukashenko AQShning kuzatuvidan qochish uchun qanday telefon ishlatish kerakligini aytdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12 fevral kuni Butun Belarus xalq assambleyasida so‘zga chiqib, Qo‘shma Shtatlar smartfon foydalanuvchilarini kuzatayotganini aytib, tugmachali mobil telefonlarga o‘tishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Men o‘n ikkinchi smartfonlar va iPhoneʼlar haqida gapirmayapman, ishlatavering. Amerikaliklar sizni har daqiqa qayerda ekaningiz va shu «ayfon»larda nima qilayotganingizni kuzatib borishini xohlaysizmi? Agar gaplarimga quloq solmasangiz, bemalol sotib olavering», – degan u.

Lukashenko «aqlli odamlar uzoq vaqtdan beri tugmachali telefonlarni qidirishayotganini» ta’kidlagan.

11-12 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan VI Butun Belarus xalq assambleyasida 2021-2025 yillarda Belarusni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining asosiy qoida va yo‘nalishlari muhokama uchun taqdim etilgan. Forumda 2,4 mingdan ortiq kishi qatnashgan.

Kiritildi: 04:30 14.02.2021. O'qildi: 3665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!