Bugun 9 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Luis Enrike velosipeddan yiqilib, suyagini sindirib oldi

Luis Enrike velosipeddan yiqilib, suyagini sindirib oldi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike velosipeddan yiqilib suyagini sindirib oldi. Ispaniyalik mutaxassis shifoxonaga olib ketildi. Endi u operasiya qilinadi. Bu haqda "PSJ" matbuot xizmati o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

«Pari Sen-Jermen» Luis Enrikening sog‘ligi uchun to‘liq qo‘llab-quvvatlashini va unga tezroq shifo tilashini ma’lum qiladi. Klub yaqin vaqt ichida qo‘shimcha ma’lumot taqdim etadi», — deyiladi xabarda.

Ispaniyalik murabbiy 2023 yil yozidan beri parijliklarga boshchilik qilib kelmoqda. O‘tgan mavsumda u jamoa bilan birgalikda Chempionlar ligasi, Fransiya chempionati, Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 09:06 06.09.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!