Los-Anjelesda gollivudlik aktyor va rejissyor Rob Raynerga tegishli uyda bir erkak va bir ayol o‘lik holda topildi, deb xabar bermoqda mahalliy ommaviy axborot vositalari.
Reuters agentligi bu ma’lumotni zudlik bilan tasdiqlay olmadi. Biroq Los-Anjeles yong‘in xizmati vakili nashrga ma’lum qilishicha, G‘arbiy Los-Anjelesda joylashgan, ochiq manbalarga ko‘ra Rob Rayner bilan bog‘liq bo‘lgan manzilda 78 yoshli erkak va 68 yoshli ayolning jasadi aniqlangan.
Hodisaning sabablari va marhumlarning shaxsi haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.
Rob Rayner 1970-yillarda ommalashgan «Hamma oilada» (All in the Family) komediya serialida aktyor sifatida tanilgan. Shuningdek, u «Bu — Spinal Tap!», «Garri Salli bilan uchrashganda», «Yonimda qol» va «Amerika prezidenti» kabi mashhur filmlarni suratga olgan rejissyor sifatida ham mashhur.