Bugun 6 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Los-Anjeles yong‘ini — Kaliforniya uchun so‘nggi 40 yildagi eng yirik talofat

Los-Anjeles yong‘ini — Kaliforniya uchun so‘nggi 40 yildagi eng yirik talofat

O‘tgan hafta Amerika Qo‘shma Shtatlari Kaliforniya shtatida boshlangan va hamon davom etayotgan ikki o‘rmon yong‘ini boshqalariga qaraganda ko‘proq turar-joyni kulga aylantirdi.

"Wisconsin-Madison" universiteti laboratoriyasi Los-Anjeles chekkasidagi "Pacific Palisades" va "Eaton" mahallalarida sodir bo‘lgan ofat natijasida kelib chiqqan vayronagarchilik darajasini tahlil qilgan.

Deyarli 10 kunga cho‘zilgan yong‘in vayron etgan shahar hududi ko‘lami shtatda 1980 yil o‘rtalaridan buyon sodir bo‘lgan eng yirik fojiaga aylangan.

"Assoshieyted Press" (AP) axborotida so‘nggi 40 yil ichida Kaliforniyada qayd qilingan eng halokatli mazkur talofat Tinch okeani tomondan esgan kuchli va davomli shamol yordamida uylar va korxonalarga mislsiz ziyon yetkazgan.

Olov ikki qishloqda, zich joylashgan hududlarda taxminan 10,36 kvadrat kilometr turar-joy maydonini vayron qilgan. Bu 2018 yil Vulsi yong‘inida vayron bo‘lgan shahar hududidan ikki barobar ko‘p.

"Pacific Palisades"da 7 yanvar kuni ertalab boshlangan va tezda yaqin atrof, xususan "Eaton", "Hurst", "Sunset" va "Woodley" mahallalariga tarqalgan o‘rmon yong‘ini natijasida hozirgacha kamida 25 kishi halok bo‘lgan. Minglab gektar maydon kulga aylangan. Ofat tufayli ko‘rilgan jami zarar va iqtisodiy yo‘qotish 250-275 milliard dollarga baholanmoqda.

Kiritildi: 11:10 19.01.2025. O'qildi: 966 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!