Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Londonda "Xamsa" asarining noyob qo‘lyozmasi topildi

Londonda "Xamsa" asarining noyob qo‘lyozmasi topildi

Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan O‘zbekiston delegasiyasi London shahridagi "Christie's" va "Sotheby's" auksion savdo uylarida bo‘ldi.

Tashrif davomida "Christie's" auksion savdo uyining Islom va Hindiston san’ati bo‘limi boshlig‘i Sara Plambli mazkur tashkilot tarixi va faoliyati bilan qisqacha tanishtirdi. Tashkilotda mavjud bir qator nodir eksponatlar, tasviriy san’at asarlari haqida ma’lumot berdi. Jumladan, Plambli auksion uyida saqlanayotgan ayrim qo‘lyozmalarni mehmonlarga ko‘rsatdi. Ulardan biri sharq mumtoz adabiyoti vakili Xoji Kirmoniy tomonidan 1524 yilda ko‘chirilgan "Xamsa" asarining qo‘lyozmasi, yana biri Shamsiddin Muhammad Assor tomonidan 1494 yilda Tabrizda ko‘chirilgan "Shams va Mushtariy" dostonidir. Har ikkala qo‘lyozma temuriylar davri kitobat san’ati ta’sirida yaratilgan.

Shundan so‘ng, Islom sivilizasiyasi markazi vakillari London shahridagi yana bir auksion savdo uyi – "Sotheby's"da bo‘lishdi. Delegasiya a’zolarini Auksion savdolari bo‘limi rahbari Benedikt Karter qabul qildi.

Savdo uyi xodimlari O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi vakillariga ayni paytda savdo uyi ixtiyorida bo‘lgan, Markaziy Osiyo madaniy merosiga oid osori-atiqalar haqida ma’lumot berdi. Jumladan, VIII asrga mansub sug‘diylar libosi, somoniylar davriga tegishli bo‘lgan sopol idishlar, qadimiy binolarga oid koshinlar, mamluklar va temuriylar davrida ko‘chirilgani taxmin qilingan Qur’oni Karim qo‘lyozmalari haqida to‘xtalib o‘tishdi.

Islom sivilizasiyasi markazi rahbari auksion savdo uylari vakillariga Markaz bilan o‘zaro hamkorlikni taklif qildi. Shuningdek, mazkur auksion savdo uylari mutasaddilari 2025 yil mart oyida Toshkentda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan "Xalqaro Islom madaniy meros haftaligi" ga ham taklif etildi.

Kiritildi: 13:48 30.11.2024. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!