Bugun 30 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Londonda noqonuniy muhojirlar istiqomat qiladigan mehmonxona yoqib yuborildi

Londonda noqonuniy muhojirlar istiqomat qiladigan mehmonxona yoqib yuborildi

Londonda hujjatsiz muhojirlar istiqomat qiladigan Thistle City Barbican mehmonxonasiga o‘t qo‘yildi, voqeaga aloqador bir kishi hibsga olindi.

Bu haqda Skotlend-Yard o‘z bayonotida ma’lum qildi.

"Polisiya xodimlari 64 yoshli erkakni boshqalarning hayotiga xavf tug‘dirish maqsadida o‘t qo‘yish va o‘tkir buyumni qonunga xilof ravishda egallashda gumon qilib qo‘lga oldi”, — deyiladi xabarda.

24 sentyabr kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan hodisada hech kim jabrlanmadi, yong‘in tez yordam yetib kelguniga qadar mehmonxona xodimlari tomonidan o‘chirildi. Polisiya voqeani nafrat jinoyati sifatida baholamoqda.

So‘nggi haftalarda Buyuk Britaniya bo‘ylab hujjasiz muhojirlarning boshpana so‘rovlari ko‘rib chiqilayotgan vaqtda soliq to‘lovchi hisobidan mehmonxonalarda joylashtirilishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Norozilik to‘lqini iyul oyi o‘rtalarida Angliya sharqidagi Esseks shtatidagi Epping shahrida ushbu mehmonxonalardan birida qolayotgan 38 yoshli efiopiyalik qochqin 14 yoshli qizga jinsiy tajovuz qilganlikda ayblanganidan so‘ng boshlandi. 23 sentyabr kuni u bir yilga ozodlikdan mahrum etildi.

2018 yildan beri 180 mingdan ortiq hujjasiz muhojir puflanadigan qayiqlarda La-Mansh bo‘ylab Buyuk Britaniyaga o‘tgan. O‘tgan iyul oyida bo‘lib o‘tgan parlament saylovlaridan so‘ng Leyboristlar partiyasi tuzgan hukumat Buyuk Britaniyaga noqonuniy migrantlarning kirib kelishining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga va’da bergan edi.

Ularning boshpana so‘rab murojaatlari ko‘rib chiqilar ekan, hujjasiz muhojirlarni maxsus markazlarga joylashtirishga harakat qilinmoqda, biroq bunday markazlar soni yetarli emas. Buyuk Britaniya Ichki ishlar vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil mart oyi holatiga ko‘ra, 32 ming hujjatsiz muhojir mamlakat bo‘ylab 210 mehmonxonaga joylashtirilgan. The Times nashriga ko‘ra, boshpana izlovchilar Britaniya soliq to‘lovchilariga yiliga taxminan 4 milliard funt sterling (taxminan 5,4 milliard dollar) turadi. Buyuk Britaniya hukumati 2029 yilgacha migrantlarni mehmonxonalarda joylashtirishni bosqichma-bosqich to‘xtatishga va’da berdi.

Kiritildi: 11:00 27.09.2025. O'qildi: 726 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!