Liviya poytaxti g‘arbida sodir bo‘lgan qurolli to‘qnashuvda kamida 12 kishi halok bo‘ldi, bir necha kishi yaralandi.
Bu haqda Al Hadath telekanali xabar berdi.
Unga ko‘ra, Tripoli chekkasidagi to‘qnashuvlar noma’lum qurolli guruh Liviya milliy birlik hukumatiga sodiq bo‘lgan 55-brigada qo‘mondoni Muammar al-Daviyga suiqasd uyushtirishga uringanidan keyin boshlangan.
Ta’kidlanishicha, al-Daviyning o‘zi jabrlanmagan.