Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

“Liverpul” yangi futbolchilarni sotib olish uchun rekord darajada pul sarfladi

“Liverpul” yangi futbolchilarni sotib olish uchun rekord darajada pul sarfladi

Angliyaning “Liverpul” klubi yozgi transferlar oynasida yangi futbolchilarni sotib olish uchun rekord darajada mablag‘ sarfladi. Bu haqda Transfermarkt portali xabar berdi.

Unga ko‘ra, mersisaydliklar yozda tarkibni kuchaytirish uchun jami 483 million yevro xarajat qilgan. Shu tariqa, “Liverpul” ikki yil oldin 464 million yevro sarflab, rekord qayd etgan “Chelsi”ni ortda qoldirdi. Londonliklar ushbu mablag‘ni 2023-yilning yozida sarflagan edi.

“Liverpul” yozgi transfer oynasi vaqtida sotib olgan futbolchilar ro‘yxati:


Florian Virs (“Bayer”) 125 mln

Aleksander Isak (“Nyukasl”) 144 mln

Ugo Ekitike 95 mln

Milosh Kerkez 46,9 mln

Jeremi Frimpong 40 mln

Jovanni Leoni 31 mln

Armin Pechi 1,78 mln


Ma’lumot uchun, ayni paytda Arne Slot jamoasi Angliya Premer Ligasi turnir jadvalida 1-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 3-turdan keyin 9 ochkoni qo‘lga kiritgan holda yakka peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:01. O'qildi: 274 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!