"Liverpul" yaqinlashib kelayotgan transferlar davrida himoyaning chap qanotini kuchaytirmoqchi.
Yangi chap qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash "qizillar"ning ustuvor vazifasidir, deya xabar bermoqda insayder Devid Ornshteyn. Birinchi raqamli nishon sifatida "Bornmut" vakili Milosh Kerkez ko‘rilmoqda, ammo Angliya chempioni boshqa nomzodlarni ham ko‘rib chiqmoqda. Shuningdek, klubning himoya markazini kuchaytirish rejalari ham ma’lum: short-listni o‘sha "Bornmut"dan Din Xeysen boshqarmoqda, Merseysaydliklar safini Jarell Kuansa tark etishi mumkin.
Transfermarkt portali Milosh Kerkezni 35 mln yevroga baholamoqda. 21 yoshli vengrga Madridning "Real" klubi qiziqish bildirmoqda.