Bugun 28 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

"Liverpul"ga 120 million yevro to‘lashga tayyor klub topildi

"Liverpul"ga 120 million yevro to‘lashga tayyor klub topildi

Saudiya klublari keng moliyaviy imkoniyatlardan foydalangan holda Yevropadan yulduzlarni jalb qilishni davom ettirish niyatida. «TodoFichajes» portalining xabar berishicha, "Al-Hilol" "Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslaini nishonga olgan.

Manbaga ko‘ra, "Al-Hilol" 24 yoshli Soboslai transferi uchun 120 million yevro to‘lashga tayyor.

"Liverpul" Soboslaini o‘z safida olib qolmoqchi, ammo mersisaydliklar Saudiya Arabistonining yirik taklifini e’tiborsiz qoldira olmaydi.

2024/2025 yilgi mavsumda Dominik 36 ta o‘yinda maydonga tushib, yettita gol urdi va sheriklariga oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 03:04 04.03.2025. O'qildi: 988 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!