Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

"Liverpul" Yevropaning top-5 ligalari orasida mag‘lubiyatga uchrash bo‘yicha "peshqadam"

"Liverpul" Yevropaning top-5 ligalari orasida mag‘lubiyatga uchrash bo‘yicha "peshqadam"

«Liverpul» Angliya liga kubogining to‘rtinchi bosqichida o‘z maydonida «Kristal Pelas»ga 0:3 hisobida yutqazdi. Shu tariqa mersisaydliklar so‘nggi yetti uchrashuvning oltitasida mag‘lub bo‘lishdi.

Opta Sport xabariga ko‘ra, 27 sentyabrdan buyon «Liverpul» Yevropaning top-5 ligalari jamoalari orasida barcha musobaqalarda eng ko‘p mag‘lubiyatga uchragan klub bo‘ldi. Shu davr mobaynida «qizillar» APLda ketma-ket to‘rtta o‘yinda yutqazishdi — «Kristal Pelas» (1:2), «Chelsi» (1:2), «Manchester Yunayted» (1:2) va «Brentford» (2:3). Shuningdek, ular Liga kubogidan chiqib ketishdi va Chempionlar ligasining 2-turida «Galatasaray»ga (0:1) mag‘lub bo‘lishdi.

Bu oraliqdagi yagona g‘alaba Chempionlar ligasi 3-turida «Ayntraxt» ustidan 5:1 hisobida erishilgan yutuq bo‘ldi.

Kiritildi: 09:20 30.10.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!