Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kecha, 27 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelganidan xabaringiz bor. Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.
Ayni vaqtda “Ko‘ksaroy” qarorgohida oliy martabali mehmonni kutib olish marosimi boshlandi. Ushbu rasmiy tadbir Shavkat Mirziyoyevning feysbukdagi sahifasi va "O‘zbekiston 24" telekanali orqali to‘g‘ridan - to‘g‘ri namoyish etilmoqda.
Shundan so‘ng, tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlikni, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.
Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.
Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.