Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Livanda Isroil hujumlari qurbonlari soni e’lon qilindi

Livanda Isroil hujumlari sabab 1500 nafardan oshiq kishi halok bo‘ldi.

Associated Press agentligining Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, mart oyining boshidan beri Isroil hujumlari sabab 1500 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Jami 1530 kishi halok bo‘lganlar orasida 102 ayol va 130 bola bor. Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi shuningdek, 11 nafar Isroil askari halok bo‘lganini xabar qildi. O‘ldirilgan «Hizbulloh» a’zolari soni esa noma’lum. 4800 dan ortiq odam yaralangan.

2 mart kuni ertalab Isroil armiyasi shtab boshlig‘i Eyal Zamir «Hizbulloh»ga qarshi operasiya boshlanganini e’lon qildi. Ertasi kuni Isroil qo‘shinlari Livan janubiga kirib keldi. Isroil armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Livan harakati mojaroga Eron tomonida kirib, Isroil hududiga raketalar otgan.

Yahudiy davlati tomoni Livanning 50 ta shaharchasi aholisini «Hizbulloh» nishonlariga hujumlar tufayli evakuasiya qilishga chaqirdi.

Avvalroq Eronda urush sabab 3 ming odam qurbon bo‘lgani aytilgandi.

Kiritildi: 22:33 10.04.2026. O'qildi: 238 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!