Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Livan va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi

Livan va Isroil o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi

Rasmiy manbalarning xabar berishicha, muloqot diplomatik darajada, Vashingtondagi ikki davlat elchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

​Ikki davlat vakillari kelayotgan seshanba kuni Vashingtonda ilk bor uchrashuv o‘tkazishga kelishishdi. AQSh Davlat departamentida o‘tadigan ushbu muloqotda sulh shartlari va rasmiy muzokaralar sanasi belgilab olinadi.

​Livan prezidenti ma’muriyatiga ko‘ra, ikki mamlakatning Vashingtondagi elchilari juma kuni telefon orqali dastlabki aloqani o‘rnatishgan. Ushbu jarayonda Qo‘shma Shtatlar asosiy vositachi vazifasini bajarmoqda.

Ushbu muzokaradan oldin Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Amerika yetakchisi Isroil hukumati rahbariga SAXALning Livan hududidagi ob’ektlarga zarbalarini kamaytirishni so‘radi.

Kiritildi: Bugun 12:35. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!