Bugun 19 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Livan aholisi: "Isroil bizning qaytishimizni istamayapti"

Livan aholisi: "Isroil bizning qaytishimizni istamayapti"

Isroilning "Hizbulloh" nishonlariga zarbalari tobora ko‘paymoqda. Bugun Livan janubidagi Yohmor shahrida Isroilning avtomobilga hujumi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi.

Kfar Kila shahrida yashovchi Abu Rabih shunday dedi: "Biz qaytib kelib, vayronalarni tozalashni boshladik. Atigi uch kun oldin bu yig‘ma uyni o‘rnatdik, keyin esa Isroil zarba berdi. Ular bizni hududni tark etishga chaqirdi. Ular bizning qaytishimizni xohlamayapti".

Hududning yana bir vakili Fotima esa "Hizbulloh" va Isroil o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramay, havo hujumi natijasida oilasining novvoyxonasi vayron bo‘lganidan so‘ng, Isroil hujumlari nihoyat to‘xtashini istayotganini aytdi. Ular bizni hududni tark etish haqida ogohlantirishdi.

"Biz bir yildan ortiq vaqt mobaynida qochqin bo‘ldik. Keyin o‘g‘lim qo‘lida qolgan pulini sarfladi, shuningdek, ushbu novvoyxonani jihozlash uchun qarz oldi. Biz shunchaki hech kimning yordamisiz yashay olishni istaymiz," dedi u.

Kiritildi: 21:07 17.03.2025. O'qildi: 489 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!