Litvada mamlakat havo hududida Belarus tomonidan kontrabandachilarga tegishli havo sharlari paydo bo‘lgani taxmin qilingani sababli Vilnyus va Kaunas xalqaro aeroportlari faoliyati vaqtincha cheklandi.
Litvaning LRT jamoatchilik teleradiokompaniyasi xabar berishicha, bu haqda «Litva aeroportlari» (Lietuvos oro uostai) davlat kompaniyasi ma’lum qilgan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar Belarus tomonidan chegarani kesib o‘tgan va Vilnyus hamda Kaunas aeroportlari tomon harakatlangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan kontrabandachilarning havo sharlari bilan bog‘liq navigasiya signallari aniqlanganidan so‘ng joriy etilgan.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan samolyotlarning qo‘nishi vaqtincha to‘xtatilgan, biroq havo kemalarining uchib ketishi davom etgan.
Bundan tashqari, Vilnyus va Utena okruglarida havo hududidagi xavf bo‘yicha ogohlantirish e’lon qilingan.
Taxminan ikki soat o‘tgach, ogohlantirish bekor qilindi va shundan so‘ng har ikki aeroport odatiy tartibda ishlashni qayta tikladi.