Bugun 10 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Litva Rossiya bilan chegarasiga qo‘shin yubordi

Litva Rossiya bilan chegarasiga qo‘shin yubordi


Litva hukumati Rossiyaning Kaliningrad eksklavi bilan chegarani mustahkamlash uchun qo‘shin jo‘natilishini e’lon qildi. Bunga Rossiyadagi ehtimoliy harbiy safarbarlik va yangi gibrid tahdidlar haqidagi xavotirlar sabab bo‘ldi.

Mamlakat ichki ishlar vaziri Martinas Katelinasning aytishicha, bu qaror shu hafta Latviya va Belarus chegarasida yuz bergan xavfsizlik bilan bog‘liq hodisadan keyin qabul qilingan.

Litva mudofaa vaziri Robertas Kaunas chegara xavfsizligini kuchaytirish uchun harbiylar jo‘natilishini tasdiqladi. Uning aytishicha, bu “Rossiyadagi ehtimoliy safarbarlik ortidan tajovuzkor xorijliklar ko‘payishi mumkinligi haqidagi xabarlarga qarshi oldini olish chorasi hisoblanadi.

Kaunasning so‘zlariga ko‘ra, taxminan, 100 nafar askar kelgusi ikki hafta davomida Litva-Rossiya chegarasini qo‘riqlashga yordam beradi.

6 oktyabr kuni Latviya rasmiylari niqoblangan va qurollangan shaxslar 20 nafar tartibsiz migrantlar guruhini Belarus chegarasidan Latviya hududiga o‘tkazish uchun kuzatib borganini xabar qilgandi. Niqoblangan shaxslar Belarus hududiga qaytib ketishidan oldin elektr jihozlarini shikastlab, chegara kuzatuv kameralarini o‘g‘irlab ketgan.

Kiritildi: 21:50 09.10.2026. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!