Litva Bosh vaziri Gintautas Paluckas mamlakat migrasiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishi va madaniy jihatdan yaqinroq mamlakatlardan ishchilarni jalb qilishga e’tibor qaratishini aytdi.
“ Afsuski, tan olishimiz kerakki, ayrim mamlakatlardan kelgan odamlar radikallashuvga moyil.“Balki biz immigrasiya siyosatini qayta ko‘rib chiqishimiz, sa’y-harakatlarimizni madaniy jihatdan bizga yaqinroq mamlakatlarda malakali ishchilar topishga qaratishimiz kerak ”, dedi Paluckas Prezident saroyida jurnalistlar bilan suhbatda.
❕ Uning izohlari Davlat Xavfsizlik Departamenti rahbari Darius Yaunishkisning yakshanba kuni Litva o‘nga yaqin Markaziy Osiyo fuqarolarining terrorchi guruhlarga aloqadorligi va radikallashuv ehtimoli tufayli mamlakatga kirishini taqiqlaganini aytganidan keyin yangragan.
Paluckas, mamlakatning migrasiya siyosati kelajakda madaniy yaqinlikka muvofiqligini oshirish maqsadida qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda Litvada Markaziy Osiyo davlatlaridan kelgan muhojirlar soni ortgan.