Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi

Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi

Evropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan ikki milliarder, jumladan, Alisher Usmonovga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashga hamda qolgan 3000 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalarni uch yilga uzaytirishga kelishib oldi.

Bu Latviya o‘z vetosini qaytarib olganidan so‘ng amalga oshirildi va ittifoq rasmiylari bu haqda 22 sentyabr kuni ma’lum qildi.

Avvalroq EI rasmiylari sanksiyalarni uch yilga uzaytirish evaziga rossiyalik oligarxlar Alisher Usmonov va Mixail Fridmanni ro‘yxatdan chiqarishga rozi bo‘lgan edi. Biroq Latviya bunga to‘sqinlik qilgan. Ilgarilari Rossiyaga oid cheklovlar har olti oyda uzaytirilar edi.

Sanksiyalarni tasdiqlash uchun Yevropa Ittifoqiga a’zo barcha mamlakatlarning yakdil roziligi talab etiladi. Diplomatlarning bildirishicha, yakunda Latviya betaraf qolgan va bu kelishuvning qabul qilinishiga imkon bergan.

Kiritildi: 23:25 22.09.2026. O'qildi: 950 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!