Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Lisenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullangan tashkilotlar jarimaga tortildi

Lisenziyasiz xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullangan tashkilotlar jarimaga tortildi

Fuqarolarni lisenziyasi bo‘lmagan holda xorijga ishga jo‘natayotganlarga nisbatan qat’iy chora ko‘rilmoqda, deb xabar berdi Migrasiya agentligi.

Agentlikning yozishicha, xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish faoliyatini lisenziya asosida amalga oshirish huquqi faqat lisenziya olgan xususiy bandlik agentliklariga berilgan.

«Biroq so‘nggi paytlarda lisenziyaga ega bo‘lma gan holda, fuqarolarni xorijga ishga joylashtirishni va’da qilib, konsalting yoki axborot xizmati niqobi ostida noqonuniy faoliyat yurituvchi shaxslar ko‘paymoqda», — deya qayd etdi tashkilot. Xususan, nazorat tadbirlarida Worldvisa, Everyone Consult, va Adworld Group nomli MCHJlar ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlari orqali fuqarolarni xorijga ishga yuborish uchun pul yig‘ib, xizmat ko‘rsatmagani aniqlandi. Ularga nisbatan huquqbuzarliklar yuzasidan tegishli jarimalar qo‘llandi.

Migrasiya agentligi lisenziyaga ega bo‘lmagan tashkilotlar orqali xorijda ishga joylashishga urinish fuqarolarning moliyaviy va huquqiy xavf-xatarga duchor bo‘lishiga olib keladi, deya ogohlantirdi.

Tashkilot xavfsizlik uchun rasmiy ro‘yxatdagi agentliklar bilan hamkorlik qilishni, har qanday shartnomani imzolashdan oldin uni sinchiklab o‘qib chiqishni, shubhali to‘lovlarni amalga oshirmaslikni tavsiya qildi.

Kiritildi: 22:17 12.05.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!