Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lionel Messi MLSda «Oltin butsa» sovrinini qabul qildi (foto)

Lionel Messi MLSda «Oltin butsa» sovrinini qabul qildi (foto)

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi MLSning muntazam mavsumida eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida “Oltin butsa” sovrini bilan taqdirlandi. Argentinalik yulduz mukofotni pley-off 1/8 finalidagi «Neshvill»ga qarshi uchrashuv oldidan qabul qildi.

Bellashuv Florida shtatidagi Fort-Loderdeyl shahrida joylashgan «Cheyz Stedium»da bo‘lib o‘tmoqda. Hisob — 2:0 «Inter Mayami» foydasiga, gollardan birini Messi urdi.

38 yoshli forvard muntazam mavsumda 28 o‘yinda 29 gol kiritib, eng yaqin ta’qibchilari — «Los-Anjeles» forvardi Deni Buanga va «Neshvill» hujumchisi Sem Sarrijni (ular 24 tadan gol urgan) ortda qoldirdi.

Messi 2023 yil yozidan beri «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. Shu vaqt mobaynida u barcha musobaqalarda 82 ta uchrashuvda maydonga tushib, 71 ta gol va 37 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, afsonaviy futbolchining hozirgi bozor bahosi 18 million yevroni tashkil etadi.

Lionel Messi MLSda «Oltin butsa» sovrinini qabul qildi (foto)

Kiritildi: 09:07 25.10.2025. O'qildi: 514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!