Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Liga kubogi. "Inter Mayami" finalda yirik hisobda yutqazdi

Liga kubogi. "Inter Mayami" finalda yirik hisobda yutqazdi

31 avgustdan 1 sentyabrga o‘tar kechasi Sietl shahridagi («Lyumen Fild» arenasi, AQSH, Vashington shtati) Liga kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy «Sietl Saunders» «Inter Mayami»ga qarshi bahs olib bordi.

Mezbonlar 3:0 hisobida yirik g‘alabaga erishib, musobaqaning oltin medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu ularning ushbu turnir tarixidagi ilk chempionlik unvoni hisoblanadi.

"Inter Mayami" safida Messi, Suares, Alba va Busketst o‘yinda to‘liq ishtirok etishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Lionel o‘ta qulay imkoniyatdan foydalana olmadi.

Liga kubogi MLS + MX. Final
1 sentyabr 2025, dushanba.
«Sietl Saunders» (Sietl, AQSh) — «Inter Mayami» (Mayami, AQSh) — 3:0
Gollar:
De Rozario, 26’; Roldan, 84’ (penalti); Rotrok, 89’.

Kiritildi: 08:50 01.09.2025. O'qildi: 1020 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!