Robert Levandovski boshqa hech bir klubga "Borussiya D" darvozasiga urgandan ko‘p gol kiritmagan.
"Barselona" hujumchisi Chempionlar Ligasi chorak final o‘yinining 48-daqiqasida dortmundliklar darvozasiga boshi bilan aniq zarba berdi, 66-daqiqada yana bir golni hisobiga yozdirdi.
2010-2014 yillarda "Borussiya" uchun o‘ynagan polyak futbolchi bugungi kunda unga qarshi 28-o‘yinini o‘tkazdi. Bu o‘yinlarda u 29 ta gol urgan.
Levandovski "Volfsburg" darvozasiga 26 o‘yinda 26 ta gol urgan bo‘lsa, "Augsburg" undan 19 o‘yinda 23 ta gol qabul qilib olgan.