«Titanik» filmining yulduzi Leonardo Di Kaprio 1997 yildan beri o‘zining, ehtimol, eng mashhur filmini hech qachon qayta tomosha qilmaganini aytdi.
Di Kaprio bu haqda «Oskar» sovrindori aktrisa Jennifer Lourens bilan suhbat chog‘ida tilga oldi. Actors on Actors dasturining bir sonida aktrisa undan: «“Titanik”ni qayta tomosha qilganmisan?» deb so‘ragan. Di Kaprio esa shunday javob bergan: «Yo‘q, men bu filmni boshqa hech qachon ko‘rmaganman. Umuman olganda, men o‘z filmlarimni tomosha qilmayman».
Leonardoning so‘zlariga ko‘ra, «Titanik» filmining premyerasi uning uchun haqiqiy dahshat bo‘lgan. 1997 yilda film Tokio shahrida OAVning juda katta e’tibori ostida namoyish etilganida, Di Kaprio tadbirda qatnashgan, biroq muhit shu qadar betartib va bosimli bo‘lganki, hayajon sabab kinoteatrda filmni tomosha qila olmagan. Keyinchalik aktyor intervyularidan birida kartinani ancha vaqt o‘tgach, sokin va yopiq muhitda ko‘rganini aytgan — hozir ma’lum bo‘lishicha, aynan o‘sha safar birinchi va oxirgi marta bo‘lgan.