Ikki vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik katta sportni tark etish qarori ortidagi sabablar haqida ochiq gapirdi.
"Nega faoliyatimni yakunlayapman? Aniq ayta olmayman. Mana, Tayson Fyuri bor. U bir faoliyatini tugataman deydi, keyin yana qaytib keladi. Yana yakunlayman deydi, yana ringga chiqadi...
Biz sportda juda ko‘p vaqt o‘tkazamiz, shuning uchun “men uchun hammasi tugadi” deb aytish oson emas. Biroq shuncha yil mehnat qilganingdan keyin tanang charchashni boshlaydi. Menda ham xuddi shunday. Men temirdan yasalmaganman, boshqa sayyoradan kelgan jonzot emasman. Mening ham oilam va farzandlarim bor", — deya Usikning so‘zlarini keltirdi "New York Times".
Eslatib o‘tamiz, ukrainalikning "So‘nggi raqsi" joriy yilning oxiriga rejalashtirilgan. Hozirda Usik jamoasi faol muzokaralar olib bormoqda va ehtimoliy raqib sifatida sobiq jahon chempioni Deontey Uaylder ko‘rilyapti.