Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Lavrov: Ukrainaning YEIga qo‘shilishi Ittifoq parchalanishiga olib kelishi mumkin

Lavrov: Ukrainaning YEIga qo‘shilishi Ittifoq parchalanishiga olib kelishi mumkin

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi YEI uchun jiddiy ichki muammolar keltirib chiqarishi va hatto uning parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildirdi.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Haqan Fidan bilan muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Lavrov shunday dedi:

«Evropa Ittifoqining ichki muammolari nuqtai nazaridan qaraganda, Ukrainaning qo‘shilishi yaxshi g‘oya bo‘lmasligi mumkin. Aks holda, Ittifoq shunchaki parchalanib ketishi mumkin. Bu masala bo‘yicha turli qarama-qarshi tendensiyalar mavjud», — dedi u.

Lavrovning fikricha, agar Yevropa Ittifoqi o‘zining iqtisodiy hamkorlikka asoslangan tuzilmasidan voz kechib, harbiy blokka aylanish yo‘lidan borsa, bu katta muammolarni keltirib chiqaradi.

«Agar ular iqtisodiyotni unutib, boshqa yo‘lni tanlamoqchi bo‘lsa, unda Zelenskiyni taklif qilishlari kerak», — deya qo‘shimcha qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri.

Uning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi xavfsizlik tizimini kuchaytirishga harakat qilmoqda va Ukrainaning Ittifoqqa qo‘shilishi mazkur jarayonni yanada harbiylashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 15 iyun kuni Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqi va Ukraina o‘rtasida a’zolik bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlangan. Moldova ham YEIga qo‘shilish bo‘yicha nomzod davlat sifatida jarayonda ishtirok etmoqda.

2025 yil dekabr oyida Ukraina va Yevropa komissiyasi Kiyevning Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishi uchun bajarishi lozim bo‘lgan 10 bandli islohotlar rejasi bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Bu rejaning asosiy qismi korrupsiyaga qarshi kurash choralarini o‘z ichiga oladi. Yevropa rasmiylari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina hozirga qadar ushbu majburiyatlarning taxminan 15 foizini amalga oshirgan.

Kiritildi: Bugun 18:22. O'qildi: 202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!