Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Indoneziyaning “Kompas” gazetasiga bergan intervyusida Ukrainada mustahkam tinchlik o‘rnatilishi uchun yangi hududiy voqeliklarni rasman tan olish zarurligini aytdi. Bu Rossiyaning yangi hududlariga tegishli.
"Tinchlik barqaror bo‘lishi uchun Qrim, Sevastopol, Donesk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari Rossiya Federasiyasi tarkibiga u yerda o‘tkazilgan referendumlar natijasida qo‘shilganidan keyin yuzaga kelgan yangi hududiy voqeliklar xalqaro huquqiy asosda tan olinishi va rasmiylashtirilishi kerak", - dedi Lavrov. Uning so‘zlari Rossiya TIV rasmiy saytida keltirilgan.
Vazir, shuningdek, hududlarni tan olishdan tashqari, mustahkam tinchlik o‘rnatish uchun Kiyev yadro qurolidan voz kechishi va har qanday blok, jumladan, NATOga a’zo bo‘lish g‘oyasidan voz kechishi va Ukrainaning betarafligini ta’minlashi kerakligini eslatdi.
Lavrovning ta’kidlashicha, bu shartlar 1990 yilgi Nezalejnoy mustaqillik deklarasiyasida ko‘rsatilgan va shu asosda jahon hamjamiyati va Rossiya Ukraina davlatchiligini tan olgan.