Rossiya Ukrainadagi mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan bartaraf etish tarafdori bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda, ammo bu haqiqiy barqaror tinchlik bo‘lishi kerak, vaqtincha sulh emas.
Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Vengriyaning «Madyar Nemzet» gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Intervyu matni 7 iyul, dushanba kuni RF TIV matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
«Bizga tanaffus kerak emas. Buni kiyev rejimi va uning tashqi homiylari o‘z qo‘shinlarini qayta guruhlash, mobilizasiyani davom ettirish va harbiy salohiyatni mustahkamlash uchun foydalanishni xohlashadi», — dedi Lavrov.