Rossiya va Turkiya tashqi ishlar vazirlari Sergey Lavrov va Xoqon Fidan o‘rtasidagi ikki tomonlama muzokaralar chog‘ida Janubiy Kavkazdagi vaziyat muhokama qilindi.
Bu haqda Lavrov turkiyalik hamkasbi bilan Moskvada bo‘lib o‘tgan qo‘shma matbuot anjumanida ma’lum qildi .
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Turkiya bilan hamkorlik bo‘yicha katta va ijobiy tajribaga ega.
"Bizda Janubiy Kavkazda "3+3" formatida hamkorlik qilish tajribasi bor. Bu format o‘z samaradorligini allaqachon isbotlagan", - dedi Lavrov.
Uning qayd etishicha, Rossiya ushbu formatdagi hamkorlikni davom ettiradi.