Bugun 4 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Andijonda "tandirbuzar" hokimga hayfsan jazosi berildi

Andijonda "tandirbuzar" hokimga hayfsan jazosi berildi

Mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan tuman hokimiga intizomiy jazo chorasi sifatida hayfsan berildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida ekologik nazorat reydi vaqtida ko‘chada somsa pishiriladigan ayrim tandirlarga shikast yetkazilgani aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Videoda ishchi guruh rahbari bu ishni tuman hokimining topshirig‘i asosida bajarganini aytadi.

Andijon viloyati hokimligi ma’lum qilishicha, holat zudlik bilan o‘rganilgan va mas’uliyatga ega bo‘lgan Shahrixon tumani hokimiga intizomiy jazo sifatida "hayfsan" e’lon qilingan. Hokimlikning qo‘shimcha qilishicha, bunday vaziyatlar takrorlanmasligi uchun tegishli tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

Mazkur voqea jamoatchilik orasida turli munosabatlarga sabab bo‘ldi. Ayrimlar ekologik talablarning kuchaytirilishini qo‘llab-quvvatlasa, boshqalar tadbirkorlarga bosim o‘tkazilgani haqida tanqid bildirdi. Hokimlik esa vaziyat nazoratga olinganini qayd etdi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!