Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Lavrov NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonda joylashtirilishini nomaqbul deb atadi

Lavrov NATO harbiy infratuzilmasining Afg‘onistonda joylashtirilishini nomaqbul deb atadi

Rossiya NATO harbiy infratuzilmasini Afg‘oniston va qo‘shni davlatlarda joylashtirishni nomaqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.

“NATO harbiy infratuzilmasini Afg‘oniston va unga qo‘shni davlatlar hududida joylashtirish mutlaqo nomaqbul ekanligini yana bir bor ta’kidlamoqchiman. Har qanday bahona bilan”, - dedi u Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formatidagi maslahatlashuvlar yig‘ilishida.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bunday mavjudlik beqarorlik va ziddiyatlarning kuchayishiga olib keladi. Oxirgi o‘n yilliklarda boshqa natijalar kuzatilmagan.

Yig‘ilish Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistonning maxsus vakillari/yuqori mansabdor shaxslari darajasida bo‘lib o‘tmoqda. Shuningdek, Belarus va Misr delegasiyalari ham mehmon sifatida taklif etilgan.

Tomonlar mintaqa mamlakatlarining Afg‘oniston bilan siyosiy va iqtisodiy sohalardagi o‘zaro hamkorligi masalalariga, shuningdek, terrorizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash vazifasiga ustuvor e’tibor qaratadi.

Yakunda Qo‘shma bayonot qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:24 05.10.2026. O'qildi: 421 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!