LSM nashrining harbiylar, polisiya va voqea guvohlarining bayonotlariga tayanib yozishicha, dronni oldindan payqash va harakatini to‘xtatib qolishning iloji bo‘lmagan. Oqibatda u mamlakat ichkarisigacha uchib borib, Dridza ko‘liga qulagan va portlagan. O‘sha paytda ko‘lda odamlar baliq ovshayotgan bo‘lgan.
"O‘sha vaqtda men Dridza ko‘lida baliq tutayotgan edim. Keyin uning uchib kelayotganini ko‘rdim. Avvaliga bu “Kukuruznik” (An-2 samolyoti) bo‘lsa kerak, deb o‘yladim. Keyin qarasam, kichikroq narsa uchayapti. Ovozi mopedning ovoziga o‘xshardi. Shunda nimadir shubhali ekanini tushundim", — deydi voqeaga guvoh bo‘lgan mahalliy aholi vakili.
Mamlakat Bosh vaziri Evika Silinya ushbu hodisani tergov qilayotgan xizmatlar bilan aloqada bo‘lib turganini ma’lum qildi.
Avvalroq ham mamlakat rasmiylari Latviya havo hududiga Rossiya dronlari uchib kirgani haqida bir necha bor bayonot bergan edi.