Mamlakat Seymi yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibini yoqlab ovoz berdi. Konservativ "Birlashgan ro‘yxat" partiyasidan Andris Kulbergs Latviyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi, ushbu partiya oxirgi uch yil davomida oppozisiyada edi. Kulbergs biznes sohasidan chiqqan va siyosatda yangi shaxs hisoblanadi, bu uning Seymdagi ilk muddatidir.
Koalisiya va hukumat tarkibiga, shuningdek, migrasiya siyosatini qattiqlashtirish hamda latish tili mavqeini mustahkamlashni yoqlab chiquvchi o‘ng-konservativ "Milliy birlashish" partiyasi ham qaytdi. Bu amaliyotda rasmiy va biznes sohasida rus tilidan foydalanishni qisqartirishni anglatadi.
Koalisiya tarkibida "Yashillar" va konservatorlar hamda "Yangi birlik" partiyasi qoldi — 14 may kuni iste’foga chiqqan bosh vazir Evika Silinya aynan shu partiya a’zosi edi.
2023 yilda ilk bor koalisiyaga kirgan chap liberal "Progressivlar" partiyasi bu safar oppozisiyada qoldi. Avvalgi hukumat may oyida Rossiya tomonidan Latviyaga uchib kelgan Ukraina dronlari sababli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz oqibatida iste’foga chiqqan edi. Ushbu hodisa Mudofaa vaziri Andris Sprudsning, so‘ngra bosh vazir Silinyaning iste’fosiga va hukmron koalisiyaning parchalanishiga olib keldi.