Bugun 6 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni nega to‘xtatmoqchi?

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni nega to‘xtatmoqchi?

Latviya Ichki ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni vaqtincha to‘xtatishni taklif etdi.

Idora ushbu tashabbusni O‘zbekiston fuqarolari Latviyaga borganidan so‘ng sodir etgani aytilayotgan bir nechta jinoyatlar, jumladan, voyaga yetmaganlarga qarshi jinoiy harakatlar bilan bog‘lagan.

"Biz chora ko‘rishga majburmiz. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni muayyan muddatga to‘xtatishni va bu vaqtdan O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik qilish uchun foydalanishni taklif qilamiz", — dedi Latviya ichki ishlar vaziri Yanis Dombrava.

O‘zbekiston fuqarolariga viza berishni to‘xtatish haqidagi taklif hozircha Litva Vazirlar Mahkamasi muhokamasiga olib chiqilgani yo‘q. Xabarda aytilishicha, koalision hamkorlar ushbu masalani hukumat majlisi kun tartibiga kiritishni qo‘llab-quvvatlamagan.

Avvalroq Litva Migrasiya departamenti rahbari Indre Gaspere so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan Litvaga borayotgan mehnatkashlar soni ortgani sababli ayni paytda ularning ishlash bo‘yicha arizalari qabul qilinmayotganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 21:42 05.10.2026. O'qildi: 479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!