Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Lamin Yamal: "Masxara qilish uchun dindan foydalanish sizni johil va irqchi insonga aylantiradi"

Lamin Yamal: "Masxara qilish uchun dindan foydalanish sizni johil va irqchi insonga aylantiradi"

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal ijtimoiy tarmoqlar orqali bayonot bilan chiqdi. Iqtidorli futbolchi Ispaniya – Misr uchrashuvida hurmatsizlik aks etgan hayqiriqlarni aytgan ispaniyalik muxlislarni tanqid qildi.

«Kecha stadionda "Kim sakramasa, o‘sha musulmon" degan hayqiriqlar yangradi. Bu raqib jamoaga qaratilganini va shaxsan menga qarshi emasligini tushunaman, ammo musulmon sifatida buni hurmatsizlik va yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan xatti-harakat deb hisoblayman.

Hamma muxlislar ham bunday emasligini tushunaman, lekin bunday narsalarni aytayotganlarga shuni bildiramanki: masxara qilish uchun dindan foydalanish sizni johil va irqchi insonga aylantiradi. Futbol insonlarni kimligi yoki nimaga ishonishi uchun haqorat qilish uchun emas, balki zavqlanish va qo‘llab-quvvatlash uchun yaratilgan», — dedi Yamal.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlangan edi.

Kiritildi: Bugun 18:33. O'qildi: 491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!