"Real" Ispaniya chempionatining 29-turida o‘z maydonida "Leganes"ni qabul qilib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Madridliklar safida Kilian Mbappe dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golga Jud Bellingem mualliflik qildi. Mehmonlar safida Diyego Garsiya va Dani Raba o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Bu o‘yindan so‘ng "Real" 63 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda, peshqadam "Barselona"da ham shuncha ochko bor. "Leganes" esa 27 ochko bilan 18-pog‘onadan joy olgan