Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

La Liga prezidenti: «Liga Falastin bayroqlarini taqiqlamagan va bundan keyin ham taqiqlamaydi»

La Liga prezidenti: «Liga Falastin bayroqlarini taqiqlamagan va bundan keyin ham taqiqlamaydi»

La Liga prezidenti Xavyer Tebas "Santyago Bernabeu" stadioni oldidagi muxlislar bilan bog‘liq voqeaga munosabat bildirdi. Ularga o‘yinga Falastin bayroqlarini olib kirishga ruxsat berilmagandi.

Tebasning ishontirishicha, La Liga tomonidan hech qanday taqiq mavjud emas.

«Yo‘q, La Liga Falastin bayroqlarini taqiqlamagan va bundan keyin ham taqiqlamaydi. Agar barcha narsa qoidalar doirasida bo‘lsa va sportga xalaqit bermasa, bu normal holat. G‘azoda sodir bo‘layotgan voqealar juda murakkab va og‘ir vaziyatdir», - deya Tebasning so‘zlarini cope.es keltiradi.

Avvalroq Ispaniyaning Bilbao shahridagi "San-Mames" stadioni Basklar mamlakati va Falastin terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yiniga mezbonlik qilishi ma’lum bo‘lgandi. O‘yin 15 noyabrga belgilangan.

Kiritildi: 20:05 21.09.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!