Bugun 21 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

La Liga. “Barselona” juda qiyin g‘alabaga erishdi

La Liga. “Barselona” juda qiyin g‘alabaga erishdi

Ispaniya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan “Barselona” — “Jirona” uchrashuvi yakuniga yetdi. Bellashuv “Olimpik Lyuis Kompanis” stadionida bo‘lib o‘tdi va maydon egalari 2:1 hisobida zafar qozonishdi.

Birinchi bo‘limning 13-daqiqasida hisobni Pedri ochdi, ortidan Aksel Vitsel jarima maydoni ichida chalqancha zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

Qattiq yomg‘ir ostida kechgan bellashuvda har ikki jamoa ham ko‘plab imkoniyatlar yaratdi, ammo uzoq vaqt davomida hisob o‘zgarmadi. 82-daqiqada maydonga zaxiradan tushgan Ronald Arauxo 90+3-daqiqada Frenki de Yong uzatmasidan so‘ng to‘pni darvozaga kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng “Barselona” 22 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. “Real” 21 ochko bilan ikkinchi pog‘onada. “Jirona” esa 6 ochko bilan 18-o‘rinda qolmoqda.

Ispaniya — Primera. 9-tur
2025 yil 18 oktyabr, shanba.
Barselona (Barselona) — Jirona (Jirona) — 2:1
Gollar: 1:0 — Pedri (13'), 1:1 — Vitsel (20'), 2:1 — Arauxo (90+3')

Kiritildi: 23:44 18.10.2025. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!